Live
1
O'zbek

«Milan» qishda Balde transferini yana ko‘rib chiqishi mumkin

Futbol
6 oktabr, 16:08
Ispaniyalik 23 yoshli futbolchi «rossoneri»ning yozgi transfer rejalarida ham bor edi.
«Milan» qishda Balde transferini yana ko‘rib chiqishi mumkin
Фото: Getty Images

«Milan» qishki transfer oynasida «Barselona» himoyachisi Alejandro Balde nomzodini yana bir bor ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Calciomercato.com xabar berdi.

Ispaniyalik 23 yoshli futbolchi «rossoneri»ning yozgi transfer rejalarida ham bor edi. Avgust oyining oxirida Baldening agenti Jorge Mendes futbolchini Italiya klubiga taklif qilgan.

Biroq «Milan» o‘sha paytda transferdan voz kechgan. Bunga asosiy sabab «Barselona»ning moliyaviy talabi bo‘lgan — kataloniyaliklar himoyachi uchun 40 million yevro so‘ragan. Italiya klubi esa boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rgan.

«Milan»da Alexis Salemaekers va Pervis Estupinyanning jarohat olgani jamoaning qanotdagi tanlov imkoniyatlarini qisqartirdi. Shu sababli klub qishda Balde transferini yana kun tartibiga qaytarishi ehtimoldan xoli emas.

Bundan tashqari, futbolchining «Barselona»dagi hozirgi holati ham transfer ehtimolini oshirishi mumkin. Balde jamoa tarkibida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Bu mavsumda u «Rasing»ga qarshi uchrashuvda bor-yo‘g‘i 12 daqiqa o‘ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar