Saudiya Arabistoni milliy jamoasi Ko‘rfaz kubogi finalida BAAni 2:0 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Bellashuvda dastlab 11-daqiqada saudiyaliklar hisobni ochdi. Al Hammami gol urdi. Oradan atigi uch daqiqa o‘tib, saudiyaliklar ustunlikni yanada mustahkamladi. 14-daqiqada Firas Al Buraykan Nosir Al-Davsariyning uzatmasidan so‘ng aniq zarba berib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, Saudiya Arabistoni ushbu turnir g‘olibiga aylandi.
Ko‘rfaz kubogi. Final
Saudiya Arabistoni – BAA 2:0
Gollar: Hammami 11, Al Buraykan 14.
Saudiya Arabistoni – Al Oways, Al Tambakti (Al Salim, 90), Al Amri, Al Harbi, Al Shamat, Kanno (Al Hamdan, 80), Al Haybari, Al Dovsari, Al Hammami (Takri, 90), Al Buraykan, Abu Al Shamat (Hamad, 80)
BAA – Holid, Aladdin, Pimenta, Meloni (Saleh, 46), Amaral, Kulibali, Fayz, Oliveyra (Akonnor, 46), Nikolas Ximenes (Peyra, 64), Bala, Kamara (Sulton Odil, 59).
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi