Serbiya milliy jamoasining markaziy yarimhimoyachisi Sasha Lukich «Fulhem»dan «Ipsvich»ga o‘tdi.
29 yoshli havbek yangi klubi bilan 2030 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Ben Jeykobs ma'lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 9 million funtni tashkil qilgan.
Lukich 2025/26 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan va 9 bor sariq kartochka olgan.
Serbiya yarimhimoyachisi Lukich APLdagi klubini o'zgartirdi
Futbol
8 avgust, 17:12
«Fulhem» 29 yoshli futbolchini yuqori divizionga qaytgan klubga sotdi.
Foto: Ipswich Town