Bugun
27
O'zbek

«MYU» avvalgi mavsumda rekord darajada daromad olganini ma’lum qildi

Futbol
23 sentabr, 12:40
    13
Klub yevrokuboklarda qatnashmasa-da, 2024/25-yilgi mavsumdagidan ko‘proq pul ishladi.
«MYU» avvalgi mavsumda rekord darajada daromad olganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» 2025/26 mavsumi yakunlari bo‘yicha rekord darajada daromad olganini ma’lum qildi.

30 iyunda yakunlangan hisobot davrida «Manchester Yunayted» 677,6 million funt sterling daromad oldi va o‘tgan yilgi rekordni (666,5 million funt) yangiladi. Shu bilan birga, o‘tgan mavsumda mankunianliklar yevrokuboklarda ishtirok etmagan, 2024/25-yilgi mavsumda esa jamoa Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib borgandi.

Operatsion foyda 22,6 million funtni tashkil etdi. O‘tgan yil esa klub 18,4 million funt miqdorida zarar ko‘rgandi. Bu ko‘rsatkichni yaxshilashga operatsion xarajatlar va xodimlar sonining qisqartirilishi, shuningdek, jamoaning APLdagi natijalari yaxshilanishi hisobiga erishildi.

Yillik EBITDA ko‘rsatkichi (foizlar, soliqlar, eskirish va amortizatsiyadan oldingi foyda) rekord darajaga chiqib, 216,4 million funtni tashkil qildi. Bu avvalgi hisobot davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘p.

Biroq «Manchester Yunayted»ning yillik sof zarari 43 million funtni tashkil etdi. Avvalgi moliyaviy yilni klub 33 million funt zarar bilan yakunlagandi.

Prognozlarga ko‘ra, keyingi hisobot davrida «Manchester Yunayted»ning daromadi 740–760 million funtni, EBITDA ko‘rsatkichi esa 205–225 million funtni tashkil qilishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar