Bugun
23
O'zbek

«Liverpul» Virtsni «Bavariya»ga sotishni rejalashtirmayapti

Futbol
22 sentabr, 14:58
Virts 2025-yil yozida «Bayer»dan «Liverpul»ga 116 million funt sterling evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
«Liverpul» Virtsni «Bavariya»ga sotishni rejalashtirmayapti
Фото: Getty Images

«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virtsga «Bavariya» klubi qiziqish bildirayotganiga qaramay, futbolchi bilan muddatidan oldin xayrlashish niyatida emas. Bu haqda Football365 xabar berdi.

Avvalroq Myunxen klubi germaniyalik 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan. Qishda Florianni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Futbolchiga «Bavariya»dan tashqari «Chelsi» ham qiziqmoqda. Biroq London klubi rasmiy taklif bilan murojaat qilmagan.

Ma’lumot uchun, Virts 2025-yil yozida «Bayer»dan «Liverpul»ga 116 million funt sterling evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq futbolchi Tumanli Albionda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti.

Qayd etilishicha, mersisaydliklar bosh murabbiyi Andoni Iraola futbolchiga imkoniyat berishga tayyor. Uning Bundesligaga qaytishi kechikishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar