«Brentford» vingeri Kevin Shade qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik 24 yoshli futbolchiga «Arsenal» va «Liverpul» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub so‘nggi bir necha oy davomida Shadening o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.
Bu klublar Shadening agentlari bilan allaqachon dastlabki muzokaralarni o‘tkazib, uning ehtimoliy transferini muhokama qilishgan.
Ma’lumot uchun, Kevinning «Brentford» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Bu mavsumda vinger Angliya Premyer-ligasi doirasida 5 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan.
Avvalroq «Liverpul» klubi «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamaraning agenti bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.