«Trabzonspor» klubi germaniyalik sobiq himoyachi Jerom Boateng bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Ajansspor xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Boateng jamoaning yangi bosh murabbiyi Tomas Raysning yordamchilaridan biri bo‘ladi. Nemis mutaxassisi sentyabr oyi o‘rtalarida Fotih Tekke o‘rnini egallagan edi.
Qayd etilishicha, Boateng yaqinda Trabzon shahriga kelib, klub prezidenti Ertuğrul Do‘g‘an boshchiligidagi rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Boateng 2024/25-yilgi mavsumdan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U faoliyati davomida «Gamburg», «Manchester Siti», «Bavariya», «Lion» va «Salernitana» jamoalarida o‘ynagan. Germaniya milliy jamoasi bilan JCh-2014 g‘olibiga aylangan.
Myunxen klubi safida ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. To‘qqiz bor Bundesligada chempionlikka erishgan.