Bugun
7
O'zbek

Turkiya Superligasi. «Trabzonspor» «Galatasaroy»ni tor-mor etdi, Salohdan het-trik

Futbol
19 sentabr, 15:19
Misrlik hujumchi to‘purarlar ro‘yxatida yetakchiga aylandi.
Turkiya Superligasi. «Trabzonspor» «Galatasaroy»ni tor-mor etdi, Salohdan het-trik
Фото: Getty Images
19.09.2026 FT Turkiya Superligasi Trabzonspor Trabzonspor 4 : 0 Galatasaray Galatasaray

Turkiya Superligasi 6-turida chempion «Galatasaroy» klubi mehmonda «Trabzonspor»ga qarshi bellashadi.

Unda mezbonlar 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Muhammad Saloh ushbu o‘yinda het-trikni rasmiylashtirdi. Saviolo ham bahsni golsiz tark etmadi.

«Galatasaroy» safida Burok va Ugochukvu maydondan chetlatildi. Chempion bahsni 10 kishi bo‘lib yakunladi.

Bu natijadan so‘ng «Galatasaroy» 13 ochko bilan peshqadamligini davom ettirmoqda. «Trabzonspor» esa 10 ochko jamg‘arib, 5-o‘ringa ko‘tarildi.

Turkiya Superligasi. 6-tur
Trabzonspor – Galatasaroy 4:0
Gollar:
Saloh 4, 44, 80 – Saviolo 39.
Trabzonspor – Onana, Pina, Nvaivu, Savich, Eskihellach, Karabasaka, Fabinio, Muchi (To‘fon, 59), Saviolo (Kabral, 73), Fransulino, Saloh (Simsir, 89).
Galatasaroy
– Chaqir, Sallai (Qoratosh, 73), Sanchez, Bardakchi, Yakobs (Elmali, 68), Torreira (Ugochukvu, 68), Okgun, Sara (Batrakov, 68), Sane, Leau, Gul (Yil­miz, 46).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Trabzonspor Trabzonspor
  • Galatasaray Galatasaray
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Bugungi yangiliklar