Live
2
O'zbek

Leau jarohat olib, safdan chiqdi

Futbol
9 noyabr, 06:25
27 yoshli vinger Portugaliyaning noyabrdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Leau jarohat olib, safdan chiqdi
Foto: Getty Images

Rafael Leau jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi.

«Galatasaroy» jamoasi vingери Turkiya Superligasi doirasidagi «Amed»ga qarshi o‘yinning 50-daqiqasida maydonni tark etdi. Bellashuv 4:3 hisobida yakunlandi.

Istanbul klubi 27 yoshli futbolchining o‘ng son orqa mushaklari jiddiy cho‘zilgani va gematoma hosil bo‘lganini ma’lum qildi.

A Bola nashrining xabar berishicha, Leauning tiklanishi kamida bir oy vaqt oladi. Shu sababli vinger Portugaliya milliy jamoasining noyabr oyida Millatlar ligasi doirasidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar