«Tottenhem»ning sobiq yarimhimoyachisi Jeymi OXara italiyalik mutaxassis Roberto De Zerbining bosh murabbiy sifatidagi kelajagi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Agar u xalqaro tanaffusdan keyingi ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘lsa, uni ishdan bo‘shatishadi!» — dedi sobiq futbolchi Sky Sports telekanaliga.
Eslatib o‘tamiz, De Zerbi joriy yilning bahorida «Tottenhem» boshqaruvini qabul qilib olgan va jamoani Premer-ligadan tushib ketishdan saqlab qolgandi.
Biroq, yangi mavsumning starti o‘ta omadsiz chiqdi - London klubi besh turdan so‘ng, bor yo‘g‘i ikki ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini band etib turibdi.
Ma’lumot uchun, xalqaro tanaffusdan so‘ng «Tottenhem»ni safarda «Manchester Yunayted» (10-oktyabr), so‘ngra o‘z maydonida «Koventri»ga qarshi (19-oktyabr) bellashuvlar kutib turibdi.