«Tottenhem» klubi hujumchi Mauro Ikardining transferidan voz kechdi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Avvalroq «taqachilar» argentinalik 33 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Chunki Icardi «Galatasaroy»ni tark etganidan beri erkin agent maqomida. U istalgan jamoaga o‘tishi mumkin.
Shunga qaramay, «Tottenhem» rahbariyati futbolchini taklif qilmaslikka qaror qilgan. Shuningdek, unga «Latsio» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Biroq bu xabar tasdiqlangani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Mauro 2022-2026-yillarda «Galatasaroy» klubida o‘ynagan. Bu vaqt davomida barcha turnirlar doirasida 134 ta uchrashuvda maydonga tushib, 77 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan.