Bugun
23
O'zbek

Enrike Torresning «PSJ»dagi o‘yiniga baho berdi

Futbol
22 sentabr, 14:43
Parijliklar ustozi ispaniyalik forvardning o‘yini uni qanoatlantirayotganini ma’lum qildi.
Enrike Torresning «PSJ»dagi o‘yiniga baho berdi
Foto: Gettyimages

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Ferran Torresning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Avgust oyida «Barselona»dan parijliklar safiga o‘tgan 26 yoshli futbolchi yangi jamoasi safida 6 ta o‘yinda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yakshanba kuni ispaniyalik futbolchi «Marsel» 2:1 hisobida taslim etilgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushi va ko‘p o‘tmay, raqib darvozasiga gol urdi.

«Men barcha yangi o‘yinchilarimizdan mamnunman — ular bizni ancha kuchaytirdilar. Ferran ajoyib formada. U ayniqsa hujum markazida kuchli, doimiy ravishda ochilishlarni amalga oshiradi, bu jamoada Vitinya, Beraldo, Fabian Ruis, Joau Nevesh, Zair-Emeri kabi yarimhimoyachilar bo‘lganda juda foydali. Torres juda yaxshi va u biz bilan ekanligidan mamnunmiz», - dedi Enrike matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» 5 ta turdan so‘ng sakkiz ochko bilan Liga 1 jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar