Bugun
23
O'zbek

«MYU» va «Liverpul» Mitchellni kuzatmoqda

Futbol
22 sentabr, 15:09
Futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.
«MYU» va «Liverpul» Mitchellni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari «Kristal Pelas»ning chap qanot himoyachisi Tayrik Mitchellga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, har ikki klub 27 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mitchellning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.

Shu bois «qizil iblislar» va «qizillar» futbolchini nisbatan arzon narxda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Biroq «Kristal Pelas» rahbariyati himoyachini jamoada olib qolish va u bilan shartnomani uzaytirish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.

Mitchell bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq «Liverpul» Orkun Ko‘kchuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar