Bugun
23
O'zbek

Robertson: «O‘ylashimcha, bizga omad yetishmayapti»

Futbol
22 sentabr, 13:43
London klubi turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Robertson: «O‘ylashimcha, bizga omad yetishmayapti»
Фото: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Endryu Robertson jamoaning hozirgi holatini yaxshilash uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi.

Ma’lumot uchun, londonliklar mavsumning dastlabki beshta uchrashuvida atigi 2 ochko jamg‘arib, ayni paytda turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

«Menimcha, bizga shunchaki biroz omad kerak. Shuningdek, o‘tmish haqida kamroq o‘ylab, oldinga harakatlanishga e’tibor qaratishimiz lozim. Ishonamanki, mavsum davomida tobora yaxshiroq o‘ynay boshlaymiz. «Liverpul»ga qarshi o‘yinda ayrim vaziyatlarda juda yaxshi harakat qildik. Ammo gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin pasayish kuzatildi. Hisob tenglashganidan so‘ng o‘zimizga bo‘lgan ishonch yana qaytdi. Mana shuni har bir bahsda saqlab qolishimiz kerak. Hatto birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborsak yoki o‘yin oxiriga kelib hisob 0:0 bo‘lsa ham», — deya Robertsonning so‘zlaridan keltiradi Stick to Football.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar