Bugun
23
O'zbek

Ikardi faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin

Futbol
21 sentabr, 22:50
De Zerbi Mauroni jamoa zaxirasini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Ikardi faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

«Galatasaroy»ning sobiq hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Argentinalik futbolchiga «Tottenhem» qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, «taqachilar» bosh murabbiyi Roberto de Zerbi 33 yoshli hujumchini jamoa zaxirasini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Shunga qaramay, London klubi rahbariyati ushbu transferga qarshi. Ular Ikardi avval Angliyada o‘ynamagani sabab APLga moslashishda qiynalishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ikardi «Galatasaroy»ni tark etgandan so‘ng hozirda erkin agent hisoblanadi. U 2023-yildan buyon Istanbul klubi sharafini himoya qilib, to‘rt marta Turkiya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, Mauro mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish lozim, «Tottenhem» APLning dastlabki 5 turida g‘alaba qozona olmadi. 2 ochko jamg‘argan de Zerbi jamoasi turnir jadvalida so‘nggi, 20-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar