33 yoshli hujumchi Mauro Ikardi "Galatasaroy"ni erkin agent sifatida tark etdi.
Argentinalik futbolchi 2023 yil iyul oyidan buyon Turkiya klubi safida to'p tepib kelayotgandi. Qayd etish lozim, Ikardi "Galatasaroy" bilan birgalikda 4 marta Turkiya chempioni bo'lgan.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum hujumchi Turkiya chempionatida 31 o'yinda ishtirok etib, 14 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Mauroning transfer narxi 6 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq Ikardining yana A Seriyaga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi