Live
2
O'zbek

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi: «Holand men tomon yugurganida, o‘zimni regbi o‘ynayotgandek his qilardim»

Futbol
22 sentabr, 12:41
«Portu» sharafini himoya qilayotgan Yakub Kivior «Siti» forvardi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Arsenal»ning sobiq futbolchisi: «Holand men tomon yugurganida, o‘zimni regbi o‘ynayotgandek his qilardim»
Foto: Gettyimages

«Arsenal»ning sobiq himoyachisi, hozirda «Port-u»da to‘p tepayotgan Yakub Kivior «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«U yuzlab gollar urgan jahon darajasidagi hujumchi. Markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘ynaganimda va Holandning men tomon yugurib kelayotganini ko‘rganimda, o‘zimni regbi o‘ynayotgandek his qilardim. U jismonan juda kuchli va pozitsiyani a’lo darajada tanlay oladi. Go‘yoki to‘pning o‘zi unga qarab kelayotganga o‘xshaydi», — dedi Kivyor Sportowy nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Yakub Kivior 2023-yildan 2026-yilgacha Londonning «Arsenal» klubi sharafini himoya qilgan. O‘tgan yil yozda u «Port-u»ga ko‘chib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, yangi mavsumda Holand barcha musobaqalarni hisobga olganda «Manchester Siti» safida 7 ta o‘yinda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Porto FC Porto
  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar