«Real» hujumchisi Kilian Mbappe nega «PSJ»ni tark etishga qaror qilgani haqida gapirdi.
«PSJ»dan ketishga qaror qilganimda, u yerdagi vaqtim o‘z nihoyasiga yetgan edi. Klub uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim va bu vazifani juda yaxshi uddaladim, deb o‘ylayman. Ammo men o‘z orzularimni amalga oshirishni — «Real»da o‘ynashni istardim. 25 yoshimda buning uchun eng yaxshi payt edi.
Ishonamanki, bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. «PSJ»da yetti yil o‘tkazdim. Chempionlar ligasi finali, yarimfinal va chorakfinallarida o‘ynadik. Ammo ketish vaqti kelgan edi va ular boshqa yo‘ldan borishdi. Olti yoki yetti nafar futbolchini sotib olishdi va barchasini o‘zgartirishdi. Natijada Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdi. Ularni tabriklayman», — deya Mbappening so‘zlaridan keltiradi.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2024-yil yozida «PSJ»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.