«Real» hujumchisi Kilian Mbappe futboldagi bosim va tanqidlarga munosabati haqida gapirdi.
«Bilasizmi, o‘yin kunlari uydan chiqish vaqtimda o‘zimga bir maqsadni qo‘yaman: «Bugun hamma meni yaxshi ko‘rishini umid qilaman», deb o‘ylash emas. Chunki bu haqiqat emas. Men o‘z qadriyatlarimga sodiq qolishni, qilayotgan ishimdan zavq olishni va hurmatli inson bo‘lishni istayman. Odamlarning tanqidi va fikrlarini qabul qila olaman.
Futbolda ham, hayotda ham qayerda ekaningizni va nima uchun aynan shu yerda ekaningizni tushunish muhim.
Hayotda xotirjamman. Ijobiy yoki salbiy — hech narsani yuragimga juda yaqin olmayman. Shuning uchun deyarli doimiy bosim bilan kechadigan bunday sur’atga moslashish men uchun unchalik qiyin emas. Atrofimda futbolni yaxshi ko‘radigan odamlar ham, unga befarq bo‘lganlar ham bor. Shuning uchun oddiy inson bo‘lib qolish uchun bu ideal uyg‘unlik», — deya Mbappening so‘zlaridan keltiradi The Athletic nashri.