Live
2
O'zbek

«Bavariya» APL yulduzlaridan biriga ko‘z tikkan

Futbol
22 sentabr, 09:58
«Nottinghem Forest» klubi yetakchisi Morgan Gibbs-Uayt faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
«Bavariya» APL yulduzlaridan biriga ko‘z tikkan
Foto: Gettyimages

«Nottinghem Forest» klubining angliyalik hujumkor yarimhimoyachisi Morgan Gibbs-Uayt Myunxen «Bavariya» klubi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Bavariya» — Angliya milliy jamoasining oldinda kutib turgan Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yinlari uchun tarkibiga kiritilgan 26 yoshli yarimhimoyachi uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi. Myunxenda Gibbs-Uayt hamyurti Harri Keyn bilan birlashishi mumkin.

Avvalroq «Nottinghem Forest» yetakchisi xizmatlariga London «Tottenhem» klubi qiziqish bildirayotgani aytilgandi. Klub futbolchi uchun 150 million yevro sarflashga tayyor turgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Gibbs-Uayt Angliya chempionati yangi mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Nottingem F Nottingem F
Bugungi yangiliklar