Live
2
O'zbek

APL. «Koventri» «Nottingem Forest»ni yengib, ligadagi ilk g‘alabasiga erishdi

Futbol
19 sentabr, 15:48
Lempard jamoasi APLdagi ilk g‘alabasiga erishib, 3 ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarildi.
APL. «Koventri» «Nottingem Forest»ni yengib, ligadagi ilk g‘alabasiga erishdi
Фото: Getty Images
19.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F 0 : 1 Koventri Siti Koventri Siti

Angliya Premer-ligasining 5-turida «Nottingem Forest» klubi o‘z maydonida «Koventri»ga qarshi o‘ynadi. Unda mehmonlar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Yagona gol 55-daqiqada Dasilva hisobiga yozildi.

Shu tariqa, Frenk Lempard jamoasi APLdagi ilk g‘alabasiga erishib, 3 ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarildi. «O‘rmonchilar» esa 5 ochko to‘plab, 12-pog‘onada bormoqda.

APL. 6-tur
Nottingem Forest – Koventri 0:1
Gol
: Dasilva 55.
Nottingem Forest – Sels, Kunya, Diomande (Kris Vud, 73), Murillo, Munyos (Nets, 83), Shlager, Makeyti (Sangare, 83), Uilyams, Ndoy (Igor Jezus, 59), Gibbs-Uayt, Delap.
Koventri – Rashuort, Mfuni, Tomas, Pinnok, Yirenki, Rudoni (Ellis, 74), Oneka, Grimes, Dasilva, Tomas-Asant, Meyson-Klark (Chauna, 46).
Ogohlantirishlar: Delap 59, Kunya 90+4.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar