Istanbulning «Beshiktosh» klubi yarimhimoyachisi va sardori Orkun Ko‘kchu Angliyaning top-klubi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.
«Liverpul» yarimhimoyachining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, yana ikkita ingliz klubi ham Ko‘kchuga qiziqish bildirmoqda, lekin ularning nomlari hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz,-2023-yili yozida Niderlandiyaning «Feyenoord» klubi safidan «Benfika»ga o‘tgan futbolchi,-2025-yilning yozida Istanbul klubi safiga borib qo‘shilgan. Avvaliga yarimhimoyachini ijaraga olgan «Beshiktosh» keyinchalik Orxunni to‘liq sotib oldi.
Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining aktual transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda. Yarimhimoyachining «Beshiktosh» bilan amaldagi mehnat shartnomasi-2030-yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Orkun Ko‘kchu Turkiya Superligasining yangi mavsumida oltita o‘yinda maydonga tushdi. Yarimhimoyachi o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.