«D» guruhidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Unda koreyalik futbolchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi.
Shu tariqa O‘zbekiston U-23 jamoasi chorakfinalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Vakillarimiz ushbu bahsda g‘alaba qozonsa, musobaqaning yarimfinaliga yo‘l oladi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi chorakfinal bahsi 25-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da boshlanadi. Bellashuv «Mizuho» stadionida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi