«Milan» himoyachisi Fikayo Tomori A Seriyada transfer qiymati eng ko‘p pasaygan futbolchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali xabar berdi.
Angliyalik himoyachining narxi €7 millionga tushgan. Ro‘yxatda «Yuventus»ning ikki futbolchisi ham bor. Gilyermo Vikario €6 millionga, Andrea Kambyazo esa €5 millionga qadrsizlangan.
Shuningdek, «Napoli» darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich va hujumchisi David Neresning transfer qiymati €5 millionga kamaygan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, A Seriyada transfer qiymati eng ko‘p pasaygan futbolchilar:
- Fikayo Tomori («Milan») — €10 mln (-€7 mln)
- Robert Sanches («Komo») — €15 mln (-€7 mln)
- Gilyermo Vikario («Yuventus») — €12 mln (-€6 mln)
- Neytan Patterson («Torino») — €5 mln (-€5 mln)
- Deniel Bragansa («Torino») — €7 mln (-€5 mln)
- Hamed Traore («Jenoa») — €10 mln (-€5 mln)
- Vanya Milinkovich-Savich («Napoli») — €15 mln (-€5 mln)
- Andrea Kambyazo («Yuventus») — €15 mln (-€5 mln)
- David Neres («Napoli») — €15 mln (-€5 mln)
- Konstantinos Kulyerakis («Roma») — €20 mln (-€5 mln)