Italiya chempionatining 5-turidagi markaziy bellashuv yakuniga yetdi. Rimda «Roma» klubi «Inter» bilan kuch sinashib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Bellashuvda «bo‘rilar» safida Manu Kone dubl qayd etdi. Fransiyalik futbolchi 6 va 37-daqiqalarda gol urdi. Lautaro Martines esa ikkinchi bo‘limda jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Bu natijadan so‘ng «Roma» va «Inter» 13 ochkodan jamg‘arib, peshqadamligini saqlab qolishdi.
A Seriya. 5-tur
Roma — Inter 2:2
Gollar: Kone 6, 37 – Lautaro Martines 46, 79
Roma: Svilar, Manchini (Ndika 60), N’Dika, Ermoso, Molina (Rensh, 60), Kristante, Kone (Pisili, 60), Fransua, Dibala, Sole, Malen.
Inter: Martines, Bissek, Akanji, Bastoni (Luis Enrike, 63), Diuf, Barella, Zelinski, Jons (Suchich, 54), Dimarko (Karlos Augusto, 54), Tyuram, Lautaro Martines.
Ogohlantirishlar: Ndika 73, Kouliyerakis 82, Jilardi 89 – Barella 11, Akanji 45+4, Bastoni 57.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi