Live
9
O'zbek

Virs: «Men o‘yinlar taqdirini hal qilmoqchiman»

Futbol
19 sentabr, 12:25
Germaniyalik hujumkor yarimhimoyachi jamoaga yanada ko‘proq yordam berishni istashini yashirib o‘tirmayapti.
Virs: «Men o‘yinlar taqdirini hal qilmoqchiman»
Foto: Gettyimages

«Liverpul»ning hujumkor yarimhimoyachisi Florian Virs jamoaga ko‘proq yordam bermoqchi ekanligini tan oldi.

«O‘ylaymanki, bir nechta o‘yinda ko‘proq gol urishimiz va ko‘proq ochko to‘plashimiz mumkin edi. O‘yinlar natijasini hal qilishni ham o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Men va hujumning boshqa vakillari bunday o‘yinlarni g‘alabagacha olib borishimiz zarur. Biz buning ustida ishlayapmiz», - deya Virsning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «qizillar» matbuot xizmati.

Ushbu mavsumda 23 yoshli yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 5 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq birorta ham gol ura olmadi. Germaniyalik futbolchi hisobida faqat 1 ta golli uzatma bor.

Ma’lumot uchun, 20-sentyabr kuni «Liverpul» Angliya chempionati navbatdagi turi doirasida safarda «Bornmut»ga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi yangiliklar