Ozarboyjon Premyer-ligasi 6-turida «Sabah» o‘z maydonida «Mil-Mug‘on»ni qabul qildi. Unda bokuliklar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvning 35-daqiqasida Umarali Rahmonaliyev supergolga mualliflik qildi. O‘zbekistonlik yarimhimoyachi 63-daqiqada zaxiraga olindi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Sabah» ochkolari sonini 15 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Raqibi esa 4 ochko jamg‘arib, 9-pog‘onada bormoqda.
Ozarboyjon Premyer-ligasi. 6-tur
Sabah – Mil Mug‘on 3:1
Gollar: Mammadzaда 20, Rahmonaliyev 35, Parris 90+5 – Ronaldo 90.
Sabah – Pokatilov, Dashdamirov, Kuyeоз, Makkarti, Mikels (Lachaab, 89), Umarali Rahmonaliyev (Isayev, 63), Pushash, Nvanchukvu (Karlos Eduardo, 63), Zedadka, Simich (Parris, 89).
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi