Live
10
O'zbek

Sergey Lushan: «Har bir oʻyin oʻtgani sayin xatolarimiz kamayib boryapti»

Eksklyuziv
19 sentabr, 15:23
«Mash’al» ustozi «Paxtakor» bilan bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Sergey Lushan: «Har bir oʻyin oʻtgani sayin xatolarimiz kamayib boryapti»
Фото: Машъал ПФК
19.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Mashal Mashal 1 : 2 Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

«Mash’al» klubi ushbu turda chempionat yetakchilaridan biri - «Paxtakor»ni qabul qildi. Oʻyindan oldin koʻpchilik mehmonlar yirik hisobda yutishini taxmin qilishgandi. Biroq «Paxtakor» yirik hisobda yutmadi, uch ochkoni qoʻlga kiritishi uchun 1:2 natijasi yetarli boʻldi. Muborakliklar esa munosib qarshilik koʻrsatishga harakat qildi. Oʻyindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Vaqt oʻtishi bilan biz nimani xohlayotganimizni, qaysi yoʻnalishda harakatlanayotganimizni koʻryapmiz. Rostini aytsam, biz jamoa qurishni xohlayapmiz. Tarkibda 35 nafar futbolchi boʻladi va maydonda kim boʻlsa, butunlay unga tayanamiz. Albatta, ayrim holatlarda maydonda chetlatishlar ham boʻladi, ba’zi vaziyatlarda bu biz uchun foydali ham boʻlishi mumkin.

- Shunga qaramay, bunday bosim ostida jamoa oʻzini yaxshi koʻrsatdi. Oʻyinda xato qilishga yoʻl qoʻyilmadi, yuqori darajadagi kurash boʻldi. Umuman, bugun «Paxtakor» koʻproq xato qildimi, «Mash’al»mi yoki hakamlar?

- Yoʻq, men hakamlik haqida gapirishni unchalik yaxshi koʻrmayman. Ayrim vaziyatlarda, masalan, bizga gol hisoblanmagan holatlarda, qarorlar taxminan 50/50 darajasida edi. Shuning uchun bu borada aniq bir narsa deyish qiyin. Biz esa oʻzimiz yoʻl qoʻygan xatolar tufayli gol oʻtkazib yubordik. Bu yuz foiz oʻzimizning standart xatomiz, ayniqsa, bu jihat ustida ishlayotgan boʻlsak. Shunga qaramay, futbolchilarning sinfi va mahorati ham oʻz soʻzini aytdi.

- Bugun yosh darvozabon harakat qildi. U bir nechta vaziyatlarda jamoani qutqardi. Ammo ikkinchi tomondan, darvozabon ikkita gol oʻtkazib yubordi. Bu vaziyatlarda uni ayblash mumkinmi yoki himoyachilarni koʻproq aybdor deb hisoblash kerakmi?

- U qutqara olgan vaziyatlarning oʻziyoq uning qanday darajada ekanini koʻrsatib turibdi. Albatta, himoyachilar ham oʻz vazifasini bajarishi kerak, buni hech kim inkor qilmaydi. U gol oʻtkazib yuboryapti, lekin biz unga toʻliq ishonamiz. U har bir oʻyinda ikki-uchtа juda muhim vaziyatda jamoani qutqarib qolyapti. Aslida, darvozabondan ham aynan shu narsa talab qilinadi.
Agar u ikki-uchta shunday vaziyatda jamoaga yordam berayotgan boʻlsa, bu uning yetarlicha yaxshi sifatga ega ekanini koʻrsatadi. U hali yosh, oldida hamma narsa bor. Menimcha, agar shu tarzda, shu rejimda ishlashda davom etsa, juda uzoqqa borishi mumkin.

- Siz futbolchilarni ayblashingiz mumkin edi, ammo darvozabonga qaytsak. Unga uzatma berilgan vaziyat edi. Shunga qaramay, himoyachilar ham kurashishi va oʻz pozitsiyasini egallashi kerak edi, toʻgʻrimi?

- Ha, u yerda darvozabonga uzatma boʻldi. Lekin baribir himoyachilar kurashishi, oʻz pozitsiyasini egallashi kerak edi. Agar biz ishonch haqida gapirayotgan boʻlsak, demak, bu ishonch uni himoya qilishda ham namoyon boʻlishi kerak. Ammo bu yerda har qanday xatoni koʻrish mumkin. Agar diqqat bilan qarasangiz, xatolar bor edi. Masalan, biz burchak zarbasi paytida ham ishlayotgan edik. Shunday boʻlsa-da, oʻzimiz tomondan raqibga majburiy boʻlmagan uzatma amalga oshirildi va natijada raqib gol urdi.

Biz aynan shu jihatda ishonchliroq boʻlishimiz kerak. Har bir oʻyin oʻtgani sayin ikkinchi zonadagi xatolarimiz kamayib boryapti. Biz raqibga doimo osonlik bilan vaziyat yaratib berishga imkon bermayapmiz.

Biz oldinga harakatlanyapmiz. Futbolda esa hozir hamma narsaga «bu qandaydir xato» deb baho berishadi. Biz esa ana shu xatolarni tobora kamaytirishimiz kerak», - deya Sergey Ivanovichning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar