Bugun
39
O'zbek

«Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» xalqaro maydondagi ishtiroki orqali qancha daromad topadi?

Futbol
17 sentabr, 05:21
    5
Bu mavsum O‘zbekistonning uch klubi xalqaro turnirlarda ishtirok etmoqda.
«Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» xalqaro maydondagi ishtiroki orqali qancha daromad topadi?
Фото: Пахтакор ПФК

Bu yil «Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» klublari xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Xususan, «Paxtakor» va «Neftchi» Osiyo Chempionlar ligasi Elitida, «Nasaf» esa OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqasida ishtirok etmoqda.

OFK tomonidan jamoalarga turnirdagi ishtiroki, har bir g‘alabasi hamda keyingi bosqichlarga yo‘l olgani uchun yirik miqdorda mukofot pullari ajratiladi.

Misol uchun, «Paxtakor» va «Neftchi» Osiyo Chempionlar ligasi Elitida ishtirok etgani uchun kafolatlangan 800 ming dollarni qo‘lga kiritadi. Ular ushbu turnirdagi har bir g‘alabasi uchun qo‘shimcha 100 ming dollar bonusga ega bo‘lishi mumkin. Agar jamoalar 1/8 finalga yo‘l olsa, 200 ming dollar oladi. Chorak final ishtirokchisiga 400 ming dollar, yarim finalga chiqsa, 600 ming dollar mukofot puli beriladi.

Musobaqa g‘olibi — turnir chempioni 10 million dollarlik bosh sovrinni qo‘lga kiritadi. Finalda mag‘lub bo‘lgan jamoaga 4 million dollar mukofot puli to‘lanadi.

«Nasaf»ga OFK Chempionlar ligasi 2 turnirining guruh bosqichidagi ishtiroki uchun kafolatlangan 300 ming dollar mukofot puli ajratiladi. Bundan tashqari, guruhdagi har bir g‘alaba uchun 50 ming dollardan qo‘shimcha bonus to‘lanishi ko‘zda tutilgan. 1/8 finalga chiqqan klub 80 ming dollar, chorak finalga yo‘l olgan jamoa 160 ming dollar, yarim final ishtirokchisi esa 240 ming dollar mukofot oladi.

Bu turnir g‘olibiga 2,5 million dollar, finalchisiga esa 1 million dollar mukofot puli beriladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar