Superliganing 22-turidan o‘rin olgan «Navbahor» — «Dinamo» uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar Ekspert hakamlar guruhi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida «Dinamo» jamoasi tomonidan gol urilgan, biroq mazkur vaziyatda bosh hakam xatoga yo‘l qo‘ygan, chunki hech qanday qo‘pollik ishlatilmagan vaziyatda bosh hakam xatoga yo‘l qo‘yib, jarima zarbasini belgilagan va «Dinamo» aynan shu noto‘g‘ri belgilangan jarima zarbasidan so‘ng gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘yinning 30-daqiqasida «Navbahor» futbolchisi raqib jamoa o‘yinchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan va epizod davomida maydonda yotgan futbolchining oyog‘ini bosib o‘tgan. Bosh hakam mazkur holatni ko‘rmay, e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan. O‘z navbatida, VAR hakami qo‘pollik ishlatilgan vaziyatni tekshirgan bo‘lsa-da, ehtimoliy qizil kartochkani ko‘rmagan va bosh hakamni monitor oldiga chaqirmasdan xatoga yo‘l qo‘ygan. Natijada uchrashuvdagi bir nechta xatolar sababli bosh hakam ham, VAR va AVAR hakamlari ham past baho olgan», — deyiladi xabarda.
O‘zFHM «Navbahor» — «Dinamo» uchrashuvidagi holat bo‘yicha xulosasini e’lon qildi
Futbol
18 sentabr, 10:25
Bosh hakam ham, VAR va AVAR hakamlari ham past baho olgan
Фото: Динамо ПФК
17.09.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Navbahor Namangan
3
:
2
Dinamo Samarqand