Live
6
O'zbek

Oblak: «Atletiko» chempionlik uchun kurashadi»

Futbol
18 sentabr, 11:02
Sloveniyalik kiper «matraschilar»ning maqsadiga to‘xtaldi.
Oblak: «Atletiko» chempionlik uchun kurashadi»
Фото: Getty Images

«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak jamoa La Liga chempionligi uchun kurashayotganini ta’kidladi.

«Shuni ishonch bilan ayta olamanki, biz chempion bo‘lishga harakat qilamiz. Juda kuchli raqiblar — «Real» va «Barselona» bilan raqobatlashyapmiz. Ammo «Atletik», «Vilyarreal», «Betis» kabi jamoalar ham bor.

Har yili La Ligada o‘ynayotgan ekanmiz, maqsadimiz g‘alaba qozonish bo‘ladi. Maqsadimiz faqat Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun kurashish emas. Vazifamiz qanchalik qiyin bo‘lmasin, unga erishish uchun harakat qilyapmiz», — deya Oblakning so‘zlaridan keltiradi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, «matraschilar» La Liganing 6 ta turidan keyin 13 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona»dan 5 ochko ortda qolmoqda.

«Atletiko» 20 sentyabr kuni La Liganing 7-turida o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar