«Bornmut» vingeri Rayan «Liverpul» e’tiborini o‘ziga qaratgan. Bu haqda ESPN Brasil xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar mersisaydliklar 20 yoshli braziliyalikni sotib olishni istasalar, klub taxminan 150 million yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, aynan shunday summa futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko‘rsatilgan. Ta’kidlanishicha, «olchalar» futbolchisi bilan xayrlashishga shoshilmayapti. Shu sababli klub murosaga kelib, narxni pasaytirmoqchi ham emas.
Ushbu mavsumda Rayan barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchining «Bornmut» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031-yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.