«Everton» «Tottenhem» hujumchisi Risharlisonni sotib olishga boshqa urinib ko‘rmasligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda liverpulliklar braziliyalikni sotib olmoqchi bo‘lgan, biroq kelishuv amalga oshmagan edi.
TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, «Everton» yozda transferga yaqin qolganiga qaramay, Risharlisonga bo‘lgan qiziqishni qayta tiklashni, masalaga yana qaytishni rejalashtirmayapti.
Ushbu mavsumda Risharlison Angliya Premer-ligasining faqat bitta o‘yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirishning uddasidan chiqa olmadi.
Avvalroq «Tottenhem» braziliyalikni o‘z qaydnomasidan chiqarib tashlagan edi. Bunga sabab sifatida esa jamoaning italiyalik bosh murabbiyi Roberto De Zerbi ortiq forvardga umid bog‘lamayotgani sabab sifatida keltirilgan edi.