Fransiyaning sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri «Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto de Zerbining bayonotlariga munosabat bildirdi.
«Uning turli mavzulardagi gaplarini eshitsam, u butunlay o‘zini yo‘qotgandek tuyuladi. Qanchalik tushunarsiz va mantiqsiz gapirishi hayratlanarli. Uning yonida unga «Jim bo‘l!» deya oladigan hech kim yo‘qmi? U haqiqatdan butunlay uzilib qolgan», — dedi Dyugarri derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq Dyugarri «Tottenhem» rahbariyatining de Zerbiga besh yillik shartnoma taklif qilganini ham tanqid qilgandi.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» APLning dastlabki bahslarida 2 ochko jamg‘argan. London klubi ushbu bahslarda hali gol ura olmagan.