Live
1
O'zbek

Tebas: «Infantino FIFAda qolsa, bu futbol uchun sharmandalik bo‘ladi»

Futbol
16 sentabr, 01:00
    5
La Liga prezidenti FIFA rahbarining navbatdagi saylovida Infantino faoliyatini davom ettirishiga qarshi chiqdi.
Tebas: «Infantino FIFAda qolsa, bu futbol uchun sharmandalik bo‘ladi»
Foto: Getty Images

La Liga prezidenti Xavyer Tebas Janni Infantinoning FIFA prezidenti lavozimida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini Marca nashri keltirdi.

«Agar Infantino faoliyatini davom ettirsa, bu futbol uchun sharmandalik bo‘ladi. Men buni turnirlar huquqlarini xususiylashtirish masalasi sabab aytmayapman. Bu meni eng kam tashvishga soladigan masala. Meni ko‘proq qizil kartochka bilan bog‘liq vaziyat xavotirga soladi. AQSh terma jamoasi futbolchisi Trampning ta’siri sabab chetlatishdan qutulib qoldi», — dedi Tebas.

Uning fikricha, FIFA prezidenti saylovida Infantinoga muqobil nomzod paydo bo‘lishi kerak.

«Ko‘plab federatsiyalar mablag‘ga muhtoj va FIFA ajratadigan pullarga bog‘liq. Shu sababli ular ochiqchasiga norozilik bildirsalar, moliyalashtirishdan mahrum bo‘lishlari mumkinligidan xavotirda. Hali vaqt bor. Hech bo‘lmaganda bitta nomzod paydo bo‘lishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi La Liga prezidenti.

FIFA prezidenti saylovi 2027-yil 16-fevral kuni tashkilot kongressida Tsyurix shahrida o‘tkaziladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar