Live
1
O'zbek

De Zerbi «Tottenhem»ning asosiy muammosini aytdi

Futbol
16 sentabr, 03:16
    2
«Shporlar» bosh murabbiyi jamoaning kam gol urayotganiga sabab bo‘layotgan asosiy muammo haqida fikr bildirdi.
De Zerbi «Tottenhem»ning asosiy muammosini aytdi
Foto: Getty Images
15.09.2026 FT Angliya Liga kubogi Liverpul Liverpul 3 : 1 Tottenhem Tottenhem

«Tottenhem» bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jamoasining gol urishda qiynalayotgani sabablarini tushuntirdi.

«Biz darvozaga ko‘proq zarba berishimiz kerak. Zarbalarning sifatini oshirishimiz, yaratilayotgan vaziyatlardan yaxshiroq foydalanishimiz va ularni golga aylantirishimiz lozim», — dedi De Zerbi «Liverpul»ga qarshi Liga kubogi bahsidan keyin.

«Tottenhem» ushbu bahsda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. «Shporlar» so‘nggi to‘rtta bahsdagi ilk golini aynan «Liverpul»ga qarshi urdi.

London klubi ushbu mavsum barcha turnirlarda o‘tkazgan oltita bahsning faqat bittasida g‘alaba qozongan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar