Live
5
O'zbek

«Ayaks» Bissumani tekinga o‘z safiga qo‘shib olishga kelishib oldi — Romano

Futbol
15 sentabr, 10:00
«Tottenhem»dan yozda ketgan maliyalik yarimhimoyachi Amsterdam klubiga o‘tishga yaqin.
«Ayaks» Bissumani tekinga o‘z safiga qo‘shib olishga kelishib oldi — Romano
Foto: Getty Images

«Ayaks» Iv Bissumani erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli yarimhimoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Futbolchi yozda «Tottenhem»ni tark etgan va hozir erkin agent maqomida.

Tomonlar 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Bitimda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Ma’lumot uchun, Bissuma 2022 yildan 2026 yilgacha «Tottenhem» safida to‘p tepdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Ayaks Ayaks
Bugungi yangiliklar