«Tottenhem» hujumchisi Risharlison yozgi transfer oynasida faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin edi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchini «Everton», «Trabzonspor» va «Vasko da Gama» o‘z safiga qo‘shishni istagan. Biroq Risharlisonning «Vasko da Gama»ga o‘tishi «Tottenhem»dagi ijara kelishuvlari limiti sababli amalga oshmagan.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchining «Tottenhem» bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt Risharlisonning transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.