Live
6
O'zbek

«Barselona» va «Liverpul» «Chelsi»ning 19 yoshli iste’dodiga qiziqmoqda

Futbol
15 sentabr, 06:15
«Chelsi» braziliyalik vinger Estevaoini sotishni rejalashtirmayapti.
«Barselona» va «Liverpul» «Chelsi»ning 19 yoshli iste’dodiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» vingeri Estevao Vilyan Yevropaning boshqa grand klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli braziliyalik futbolchiga «Barselona» va «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklarning sport direktori Deku hamda mersisaydliklar skautlari uning o‘yinidan mamnun.

Biroq «Chelsi» Estevaoni sotishni rejalashtirmayapti. London klubi, aksincha, futbolchining maoshini oshirishni ko‘zlamoqda.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» rahbariyati Estevaoning transfer qiymatini 110–120 million yevro atrofida baholamoqda. Vinger ushbu mavsumda barcha turnirlarda 5 ta bahsda maydonga tushgan, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Liverpul Liverpul
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar