Live
6
O'zbek

Rodri: «Albatta, Alvaresni «Barselona»da ko‘rishni istayman»

Futbol
15 sentabr, 05:48
Ispaniyalik yarimhimoyachi Alvaresning «Barselona»ga transferi haqida fikr bildirdi.
Rodri: «Albatta, Alvaresni «Barselona»da ko‘rishni istayman»
Foto: Gettyimages

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Rodri Ernandes «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresning «ko‘k-anorranglilar» safiga ehtimoliy transferi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta, men Alvares bilan shartnoma imzolagan bo‘lardim. U butkul o‘zgacha futbolchi. Men u bilan ikki yil birga to‘p tepish baxtiga muyassar bo‘lganman. U shunchaki unikal futbolchi», - deya ispaniyalik xavbek so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli argentinalikning «matraschilar» bilan 2030-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan shartnomasi mavjud.

Transfermarkt portali futbolchining aktual trasnfer narxini 120 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Alvares La Liganing 2 o‘yinida maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirgani yo‘q.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar