Bugun
32
O'zbek

«Liverpul» himoyachisi Shotlandiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbol
15 sentabr, 05:10
«Seltik» mersisaydliklarning yoshlar jamoasi vakili Lyuk Chembersni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
«Liverpul» himoyachisi Shotlandiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Liverpul» himoyachisi Lyuk Chembers faoliyatini Shotlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchini «Seltik» o‘z safida ko‘rmoqchi. Hozircha transfer ijara asosida amalga oshirilishi yoki futbolchining to‘liq transferi bo‘lishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Chembersning bozor qiymatini 1 million yevroga baholamoqda. Himoyachining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, APLning 4-turidan so‘ng «Liverpul» 6 ochko bilan turnir jadvalining 9-o‘rnida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Celtic Celtic
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar