40 yoshli afsonaviy himoyachi Serxio Ramos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Suporter Media xabar berdi.
Ispaniyalik futbolchini «Aston Villa» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Qayd etilishicha, kelishuv yakunlanish arafasida turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning «Monterrey» jamoasi bo‘lib, u o‘tgan yil oxirida klubni tark etgandi. Shundan buyon himoyachi rasmiy o‘yinlarda maydonga tushmadi. Shuningdek, Serxio faoliyati davomida «Sevilya», «Real» va «PSJ» klublarida ham to‘p tepgan.
«Aston Villa» esa Angliya chempionatining yangi mavsumini omadsiz boshladi. Unai Emeri shogirdlari 4 ta turdan keyin atigi 1 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi