Live
6
O'zbek

Ramos "Monterrey" bilan xayrlashdi

Futbol
7 dekabr, 12:00
39 yoshli himoyachi Meksikadagi so'nggi o'yinini o'tkazganini aytdi.
Ramos "Monterrey" bilan xayrlashdi
Foto: Getty Images

Serxio Ramos "Monterrey"dan ketishini e'lon qildi.

39 yoshli himoyachining Meksika klubi bilan shartnomasi yil oxirida nihoyasiga yetadi.

"Bu Meksikadagi oxirgi o'yinim bo'ldi", – deydi ispan futbolchisi liga pley-offi yarimfinalida "Toluka"dan (2:3) uchralgan mag'lubiyatdan so'ng.

Eslatib o'tamiz, Ramos "Monterrey"ga fevral oyida qo'shilgandi. U jamoa safida bu mavsumda 19 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.

Avvalroq "Real" sobiq himoyachisining "Milan"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bugungi yangiliklar