«Real» sobiq hujumchisi Karim Benzema faoliyatini Germaniyaning «Bayer» klubida davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda jurnalist Iliyes Kadduri X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi va klub o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan. Benzema «Bayer» loyihasiga katta qiziqish bildirgan va jamoaning sobiq futbolchilari Musa Diabi hamda Lukas Vaskes bilan klub rejalarini muhokama qilgan.
Biroq 38 yoshli futbolchining Saudiya Arabistoni elchisi sifatidagi 2030 yilgacha amal qiluvchi shartnomasi ehtimoliy transferga to‘sqinlik qilmoqda. Benzemaning agentlari ushbu kelishuv shartlarini yumshatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Benzema qishda «Al Ittihod»dan «Al Hilol»ga o‘tgan va yozda ushbu klubni erkin agent sifatida tark etgan.