Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi mamlakat chempionatining 7-turidan o‘rin olgan «At Taavun» — «Al Hilol» (0:6) uchrashuvida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
O‘yin davomida mezbon jamoaning ayrim muxlislari «Al Hilol» yarimhimoyachisi Ruben Neveshni atayin jahlini chiqarish maqsadida uning Portugaliya milliy jamoasidagi sobiq sherigi Diogu Jota nomini aytib baqirishgan.
«Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va Saudiya Arabistoni Professional ligasi «At Taavun» va «Al Hilol» o‘rtasidagi uchrashuvda ayrim muxlislar tomonidan sodir etilgan nomaqbul xatti-harakatlarni qoralaydi.
Sodir bo‘lgan voqea Saudiya Arabistoni futboli qadriyatlari va tamoyillariga zid. Fojialardan provokatsiya maqsadida foydalanish mutlaqo nomaqbul xatti-harakat ekanini va bunga Saudiya Arabistoni futbolida o‘rin yo‘qligini ta’kidlaymiz.
Tegishli qo‘mitalar amaldagi qoida va tartiblarga muvofiq zarur choralarni ko‘radi. Jarayon yakunlanganidan so‘ng uning natijasi e’lon qilinadi», — deyiladi federatsiya bayonotida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi