Dortmundning «Borussiya» klubi Jeydon Sanchoni jamoaga qaytarishdan butunlay voz kechdi. Bu haqda Mirror xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sancho bo‘yicha qarorni «Borussiya» bosh murabbiyi Niko Kovachning shaxsan o‘zi qabul qilgan. Futbolchi hali ham erkin agent bo‘lib turganiga qaramay, Dortmund klubi uni qayta o‘z safiga qo‘shib olish uchun boshqa harakat qilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi 2021 yildan 2026 yilga qadar «Manchester Yunayted»ga tegishli bo‘lgan va shu yozda klubni tark etgan. U «qizil iblislar» safida jami 83 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 6 ta assist amalga oshirgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi