Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Vilyarreal»ga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Dortmundliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Girassi bahs yakunida uch bor to‘pni darvozaga yo‘lladi, biroq gollardan biri o‘z darvozasiga kiritildi. Shu tariqa, uning «Borussiya» safida Chempionlar ligasidagi gollari soni 19 taga yetdi. Squawka xabariga ko‘ra, hujumchi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Robert Levandovskini ortda qoldirdi. Polshalik futbolchi dortmundliklar safida turnirda 17 ta gol urgan.
«Borussiya»ning Chempionlar ligasidagi eng yaxshi to‘purari esa Marko Roys bo‘lib qolmoqda. Uning hisobida 24 ta gol bor.
Ma’lumot uchun, Girassi «Borussiya» safiga 2024-yil o‘rtalarida «Shtutgart»dan kelib qo‘shilgan. «Vilyarreal»ga qarshi bahs gvineyalik futbolchi uchun dortmundliklar safidagi 100-bahsi bo‘ldi. U ushbu o‘yinlarda 64 ta gol urgan.