«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olib, futbol tarixidagi noyob rekordni o‘rnatdi.
CentreGoals nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, Messi «Oltin to‘p» nominatsiyasida ilk va so‘nggi bor qayd etilishi orasidagi 20 yillik farq bilan rekord o‘rnatgan. Argentinalik futbolchi ilk bor 2006-yilda dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoridan joy olgan. Umuman, u 20 yil davomida 17 marta ushbu sovringa nomzod bo‘lgan.
Messi o‘tgan mavsumda MLS chempionligini qo‘lga kiritib, liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, Argentina milliy jamoasi bilan 2026-yilgi Jahon chempionati finaliga qadar yetib bordi.
Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.