Bugun
50
O'zbek

Konate «Oltin to‘p»ni Mbappega berishini aytdi

Futbol
9 sentabr, 00:45
«Real»ning markaziy himoyachisi jamoa hujumchisini nufuzli individual sovrin uchun asosiy nomzod deb hisoblamoqda.
Konate «Oltin to‘p»ni Mbappega berishini aytdi
Foto: Getty Images

«Real» markaziy himoyachisi Ibrahima Konate bu yilgi «Oltin to‘p» sovrinini jamoadoshi Kilian Mbappega topshirgan bo‘lardi.

«Men «Oltin to‘p»ni Mbappega bergan bo‘lardim. Ammo, rostini aytsam, biz kiyinish xonasida bu mavzuni muhokama qilmaymiz», — dedi Konate. Uning so‘zlarini Madrid Universal keltirgan.

Mbappe Chempionlar ligasining 1-turida «Inter»ga qarshi bahsda «Real»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shib, milanliklar darvozasini ishg‘ol qildi.

«Oltin to‘p» sohibi 26 oktabr kuni e’lon qilinadi.

Bugungi yangiliklar