Italiyalik hujumchi Andrea Belotti «Modena» futbolchisiga aylandi. 32 yoshli futbolchi A Seriyada 350 dan ortiq bahsda maydonga tushgan.
Belotti yozda «Kalyari» safida qolmagandi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani sababli klub bilan shartnoma imzolamagan.
Endilikda Belotti B Seriya vakili «Modena» bilan bir mavsumlik shartnoma tuzdi. Klubning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, kelishuv 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Hujumchi jamoada 11-raqam ostida o‘ynaydi.
«Modena» B Seriyaning dastlabki uch turida 6 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Belotti 2021 yilda Italiya milliy jamoasi safida Yevropa chempioniga aylangan.